Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 31)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 31

قَدْ خَسِرَ الَّذِينَ كَذَّبُوا بِلِقَاءِ اللَّهِ ۖ حَتَّىٰ إِذَا جَاءَتْهُمُ السَّاعَةُ بَغْتَةً قَالُوا يَا حَسْرَتَنَا عَلَىٰ مَا فَرَّطْنَا فِيهَا وَهُمْ يَحْمِلُونَ أَوْزَارَهُمْ عَلَىٰ ظُهُورِهِمْ ۚ أَلَا سَاءَ مَا يَزِرُونَ 31 ٣١

Allohga ro`baro` bo`lishni yolg`on deganlar, shubhasiz, ziyonga uchradilar. Hattoki, to`satdan qiyomat kelib qolganda, ustlariga gunohlarini orqalab olgan hollarida: «U(dunyo)da qilgan kamchiliklarimizga hasrat-nadomatlar bo`lsin», derlar. Ular orqalagan narsa qanday yomon-a! (31)

Tafsir
To Qiyomat toʻsatdan kelib qolguniga qadar qayta tirilishni yolgʻon deb, Alloh huzurida turishni esa boʻlishi mumkin emas ish deb bilganlar aniq ziyonga uchradilar. Oʻshanda ular gunohlarini orqalab olib, afsus-nadomatlar chekib: «Udunyoda qilgan loqaydligimizga, Qiyomat kuni uchun tayyorgarlik koʻrib olmaganimizga, kufru isyonimizga hasrat-nadomatlar boʻlsin», derlar. Ular naqadar yomon narsani orqalab yuradilar-a!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin