Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 33)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 33

قَدْ نَعْلَمُ إِنَّهُ لَيَحْزُنُكَ الَّذِي يَقُولُونَ ۖ فَإِنَّهُمْ لَا يُكَذِّبُونَكَ وَلَٰكِنَّ الظَّالِمِينَ بِآيَاتِ اللَّهِ يَجْحَدُونَ 33 ٣٣

Seni, albatta, ularning aytayotganlari xafa qilishini yaxshi bilamiz. Ular seni yolg`onchiga chiqarayotganlari yo`q, balki zolimlar Allohning oyatlarini inkor qilmoqdalar. (33)

Tafsir
Ey Paygʻambar, zohirda ular sizni yolgʻonchiga chiqarayotgandek koʻrinadilar va bu narsa sizni xafa qilayotganini yaxshi bilamiz. Bilingki, aslida ular sizni yolgʻonchiga chiqarayotganlari yoʻq. Chunki sizning rostgoʻy va omonatga xiyonat qilmaydigan halol odam ekaningizni juda yaxshi biladilar. Lekin ular zolimlardirki, ichlarida sizga ishonsalar ham zohirda inkor qilaveradilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin