Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 34)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Sendan oldin ham Payg`ambarlar yolg`onchiga chiqarilganlar. Bas, ular to nusrat kelguncha yolg`onchiga chiqarilganlariga va berilgan ozorlarga sabr qilganlar. Allohning so`zlarini o`zgartiruvchi yo`q. Batahqiq, senga Payg`ambarlarning xabari kelgan. (34)
Tafsir
Yolgʻonchiga chiqarish siz olib kelgan ishning oʻzigagina xos, deb oʻylamang. Sizdan oldingi paygʻambarlar ham yolgʻonchiga chiqarilganlar. Qavmlari ularga ham ozor yetkazganlar. To Alloh tarafidan nusrat kelguniga qadar davat va Alloh uchun jihod yoʻlida sabru bardosh bilan ish olib borganlar. Alloh taoloning nusrat va paygʻambarlarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi yozigʻini hech kimsa hech qachon oʻzgartira olmaydi. Ey Paygʻambar, sizga oldingi paygʻambarlarning qavmlaridan qanday musibatlarga yoʻliqqanlari, keyin esa Alloh dushmanlarini halok qilib, ularga nusrat bergani haqidagi xabarlar kelgan-ku.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: