Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 35)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Agar senga ularning yuz o`girishlari og`ir botayotgan bo`lsa, qodir bo`lsang, yer ostidan yo`l qilib yoki osmonga narvon qo`yib, ularga oyat-mo`'jiza keltir. Alloh xohlaganida, ularni hidoyatga jamlardi. Hargiz johillardan bo`lma. (35)
Tafsir
Ey Paygʻambar, sizga ularning yolgʻonchiga chiqarayotganlari va siz olib kelgan haqdan yuz oʻgirayotganlari ogʻirlik qilayotgan boʻlsa, qoʻlingizdan kelsa, Bizning yordamimizni kutmasdan, oʻzingiz yer ostidan bir yoʻl qilib yoki osmonga narvon qoʻyib, ularga hujjatu dalillaringizni keltiravering. Alloh xohlaganida, ularni siz olib kelgan hidoyat ustida birlashtirib qoʻygan boʻlardi. Lekin U Oʻzi bilgan bir yetuk hikmat sababli buni istamadi. Shuni bilmaydigan, anglamaydigan johillardan boʻlib, ular iymon keltirmaganiga hasratu nadomat ila oʻzingizni tugatib qoʻymang.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: