Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 37)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 37

وَقَالُوا لَوْلَا نُزِّلَ عَلَيْهِ آيَةٌ مِنْ رَبِّهِ ۚ قُلْ إِنَّ اللَّهَ قَادِرٌ عَلَىٰ أَنْ يُنَزِّلَ آيَةً وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ 37 ٣٧

Ular: «Unga Robbidan bir oyat-mo`'jiza tushsa edi?» – derlar. «Albatta, Alloh oyat-mo`'jiza tushirishga qodirdir», deb ayt. Lekin ko`plari bilmaslar. (37)

Tafsir
Mushriklar sarkashlik bilan, iymon keltirishni ortga surish uchun: "Muhammadga haqligini koʻrsatadigan biron oyat-moʻjiza tushirilsa edi", deyishadi. Ey Paygʻambar, ayting: "Alloh Oʻzi istaganicha oyat-moʻjizalar tushirishga qodir". Lekin shu talabni qoʻyayotgan mushriklar bilmaydilarki, oyat-moʻjiza ularning talablariga qarab emas, hikmati ilohiyyaga qarab boʻladi va u tushganidan keyin ham iymon keltirmasalar, halokatga uchrashlari muqarrar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin