Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 38)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Yer yuzidagi har bir yuruvchi jonzot va ikki qanoti ila uchuvchi qush borki, hammasi siz kabi ummatlardir. Kitobga hech narsani qo`ymay yozganmiz. So`ngra Robbilariga jamlanurlar. (38)
Tafsir
Ey Odam bolalari, yer betida oʻrmalab yurgan hayvon boʻladimi, samoda qanot qoqayotgan qush boʻladimi, hammasi yaratilishda ham, rizqlanishda ham xuddi sizlar kabi ummatlardir. Lavhul-mahfuzda biron narsani qoldirmasdan hammasini bitganmiz. Alloh hammasini biladi. Keyin Qiyomat kuni hammangiz Parvardigoringiz huzurida toʻplanursiz va U Zot sizlarni ajrim qilib, har biringizga amalingizga yarasha jazo yoki mukofotingizni berur.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: