Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 43)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 43

فَلَوْلَا إِذْ جَاءَهُمْ بَأْسُنَا تَضَرَّعُوا وَلَٰكِنْ قَسَتْ قُلُوبُهُمْ وَزَيَّنَ لَهُمُ الشَّيْطَانُ مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ 43 ٤٣

Bizning balomiz ularga yetganda, tazarru' qilsalar edi! Lekin qalblari qattiq bo`ldi va shayton ularga qilayotgan ishlarini ziynatlab ko`rsatdi. (43)

Tafsir
Biz yuborgan balo kelganida tavba-tazarru qilib, Allohga egilsalar edi, boʻysunsalar edi. Shunda Alloh ularning musibatini aritardi. Lekin ular bunday qilmadilar. Ularning qalblari qotib, toshbagʻir boʻlib ketgandilar. Ularga hech qanday nasihat kor qilmaydigan boʻlib qolgandi. Boz ustiga shayton ularga qilayotgan ishlarini, kufru isyonlarini chiroyli qilib koʻrsatardi. Natijada adashgandan adashib boraverdilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin