Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 53)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
«Oramizdan Alloh ne'mat bergan shularmi?» – deyishlari uchun shunday qilib, ba'zilarni ba'zilari ila sinadik. Allohning O`zi shukr qiluvchilarni yaxshi bilguvchi emasmi? (53)
Tafsir
Shuningdek, ularning ayrimlarini ayrimlari bilan sinadik-da, ularning dunyodan oladigan nasibalarini xilma-xil qildik. Toki, boy kofirlar kambagʻal moʻminlar haqida gapirib shunday deb qolsinlar: "Alloh oramizdagi ana shu yalangoyoqlarga fazl koʻrsatib, ularni hidoyatga boshlagan ekanmi?! Agar iymon yaxshi narsa boʻlganida ular bizdan peshqadam boʻlmas edilar. Chunki peshqadamlik faqat bizga yarashadi". Nematlariga kim shukr qilayotganini Allohning Oʻzi yaxshiroq bilmaydimi? U Zot kofirlarni ham yaxshi biladi va ularni oʻz holiga tashlab qoʻyadiki, shu bilan ular iymonga kela olmaydilar. Oriy, shunday. Alloh hammasini koʻrib-bilib turadigan Zotdir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: