Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 73)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
U, osmonlaru yerni haq ila yaratgan Zotdir. «Bo`l» degan kuni bo`ladir. Uning gapi haqdir. Dud chalinadigan kuni mulk Unikidir. U, g`aybni ham, shohidni ham biluvchi Zotdir. Va U hakiym va xabardor Zotdir. (73)
Tafsir
Osmonlaru yerni haq bilan yaratgan zot Alloh subhonahudir. U bir narsaga, boʻl desa, tamom, u boʻlur. Qiyomat kunida, turinglar desa, hamma bandalar turib keladi. Uning aytgani haqdirki, albatta roʻy beradi. Qiyomat kuni Isrofil ikkinchi surni chalganda podshohlik yolgʻiz Unikidir. Yashirin narsalarni ham, oshkora narsalarni ham Biluvchidir. Yaratishida ham, tadbirida ham hikmat bilan ish qiluvchidir. Xabardor Zotdirki, hech narsa Undan yashirin qolmas. U Zot uchun yashirin ishlar ham oshkora ishlardek ayondir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: