Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 80)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Va qavmi u ila tortishdi. U: «Men bilan Alloh haqida tortishasizlarmi, holbuki, U meni hidoyat etdi. Men Unga shirk keltirayotgan narsangizdan qo`rqmasman. Magar Robbim biror narsani iroda etsa, bo`lishi mumkin. Robbim barcha narsani O`z ilmi ila qamrab olgan. Eslasangiz bo`lmasmi?» – dedi. (80)
Tafsir
Mushrik qavmi Ibrohim alayhissalom bilan Allohning yagonaligi haqida tortishib, uni oʻzlarining butlaridan qoʻrqitmoqchi boʻlganlarida shunday dedi: «Men bilan Allohning yagonaligi va yolgʻiz mabudligi haqida tortishasizmi?! Holbuki, Parvardigorim menga tavfiq berdi. Men butlaringizdan qoʻrqmayman. Chunki ular foyda ham, zarar ham keltira olmaydilar. Faqat Parvardigorim xohlagan narsagina boʻlur. Alloh xohlagani boʻlishi muqarrar. Parvardigorim uchun osmonlaru yerdagi biron narsa yashirin emas. U barcha narsani Oʻz ilmi bilan qamrab olgandir. Bas, shulardan ibrat olib, kufru shirkdan qaytsangizlar va Allohning yagonaligiga iymon keltirsangizlar boʻlmaydimi?!»
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: