Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 81)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 81

وَكَيْفَ أَخَافُ مَا أَشْرَكْتُمْ وَلَا تَخَافُونَ أَنَّكُمْ أَشْرَكْتُمْ بِاللَّهِ مَا لَمْ يُنَزِّلْ بِهِ عَلَيْكُمْ سُلْطَانًا ۚ فَأَيُّ الْفَرِيقَيْنِ أَحَقُّ بِالْأَمْنِ ۖ إِنْ كُنْتُمْ تَعْلَمُونَ 81 ٨١

«Qanday qilib men siz shirk keltirgan narsadan qo`rqay. Holbuki, siz o`zingizga hech hujjat tushirmagan narsani Allohga shirk keltirib turib qo`rqmaysiz-u?» Agar bilsangiz, ayting-chi, qaysi guruh xotirjam bo`lishga haqliroq?! (81)

Tafsir
Sizlar hech bir hujjatsiz Allohga bemalol shirk keltira turib qoʻrqmaysizlar-u, men sizlarning butlaringizdan qoʻrqar ekanmanmi? Xoʻsh, aytinglarchi, qaysi guruh qoʻrqmaslikka, xotirjam boʻlishga haqliroq? Allohni bir deb bilgan muvahhidlar guruhimi yoki Unga shirk keltirgan mushriklar guruhimi? Agar juda bilimdon boʻlsangizlar, qaysi biri haqliroq ekanini ajrata olsangizlar, oʻshanisiga ergashinglar. Shak-shubhasiz xotirjamlikka eng haqlirogʻi moʻmin-muvahhidlar guruhi ekani malum-ku!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin