Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ افْتَرَىٰ عَلَى اللَّهِ كَذِبًا أَوْ قَالَ أُوحِيَ إِلَيَّ وَلَمْ يُوحَ إِلَيْهِ شَيْءٌ وَمَنْ قَالَ سَأُنْزِلُ مِثْلَ مَا أَنْزَلَ اللَّهُ ۗ وَلَوْ تَرَىٰ إِذِ الظَّالِمُونَ فِي غَمَرَاتِ الْمَوْتِ وَالْمَلَائِكَةُ بَاسِطُو أَيْدِيهِمْ أَخْرِجُوا أَنْفُسَكُمُ ۖ الْيَوْمَ تُجْزَوْنَ عَذَابَ الْهُونِ بِمَا كُنْتُمْ تَقُولُونَ عَلَى اللَّهِ غَيْرَ الْحَقِّ وَكُنْتُمْ عَنْ آيَاتِهِ تَسْتَكْبِرُونَ
Allohga nisbatan yolg`on to`qigan yoki unga hech narsa vahiy qilinmasa ham, menga vahiy keldi, degan, yoxud Alloh nozil qilgan narsaga o`xshash narsani men ham nozil qilaman, degan kimsadan ham zolimroq kimsa bormi? Zolimlarning o`lim talvasasi paytlarini, farishtalarning ularga qo`l cho`zib: «Joningizni chiqaring! Bugungi kunda Allohga nisbatan nohaq gap aytganlaringiz uchun va Uning oyatlaridan mutakabbirlik qilib yurganingiz uchun xorlik azobi ila jazolanursiz», – degandagi hollarini ko`rsang edi. (93)
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin