Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 94)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 94

وَلَقَدْ جِئْتُمُونَا فُرَادَىٰ كَمَا خَلَقْنَاكُمْ أَوَّلَ مَرَّةٍ وَتَرَكْتُمْ مَا خَوَّلْنَاكُمْ وَرَاءَ ظُهُورِكُمْ ۖ وَمَا نَرَىٰ مَعَكُمْ شُفَعَاءَكُمُ الَّذِينَ زَعَمْتُمْ أَنَّهُمْ فِيكُمْ شُرَكَاءُ ۚ لَقَدْ تَقَطَّعَ بَيْنَكُمْ وَضَلَّ عَنْكُمْ مَا كُنْتُمْ تَزْعُمُونَ 94 ٩٤

Xuddi sizlarni dastlab xalq qilganimizdek, huzurimizga yakka-yakka keldingiz. Sizlarga bergan narsalarimizni ortingizda qoldirdingiz. Sizlar o`zingizcha sherik deb o`ylagan shafoatchilaringizni ko`rmayapmiz?! Batahqiq, oralaringiz uzildi. Siz da'vo qilgan narsa g`oyib bo`ldi. (94)

Tafsir
Qayta tirilish kuni ularga shunday deyiladi: "Mana bugun Bizning huzurimizga yolgʻiz oʻzingiz kelyapsiz. Mol-davlatingiz ham, zoʻrligingiz ham ortda qoldi. Yangi tugʻilgan paytingizda qanday boʻlsangiz, xuddi oʻshanday qip-yalangʻoch qoshimizda turibsiz. Sizlarga bergan narsalarimizni ortingizda qoldirishga majbur boʻlgansiz. Nimagadir oʻzingizcha, bizga vositachilik qiladi, deb bilgan xudolaringizni koʻrmayapmiz?! Ularni Allohga sherik qilib, mabud bilgan edingiz, shekilli?! Orangiz uzildi. Oʻsha ishonganlaringiz sizdan yuz oʻgirib ketdi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin