Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 96)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
U, subhni yoritguvchi Zotdir. U, tunni sukunat, quyosh va oyni hisob qilib qo`ydi. Bu esa, g`olib va yaxshi bilguvchi Zotning o`lchovidir. (96)
Tafsir
Alloh subhonahu kechani yorib, undan kunduzini chiqardi. Tiriklik koʻyida yurib charchagan tana xordiq chiqarishi uchun tunni oromgoh qilib berdi. Quyosh va oyni muayyan hisob bilan yuradigan qilib qoʻydi. Mana shu gʻaroyib ishlarning hammasi barchadan Gʻolib, Aziz Zotning, Oʻzi yaratgan maxluqotlarni ham, ular uchun nima yaxshi boʻlishini ham juda yaxshi biladigan Zotning sanatidir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: