Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 98)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 98

وَهُوَ الَّذِي أَنْشَأَكُمْ مِنْ نَفْسٍ وَاحِدَةٍ فَمُسْتَقَرٌّ وَمُسْتَوْدَعٌ ۗ قَدْ فَصَّلْنَا الْآيَاتِ لِقَوْمٍ يَفْقَهُونَ 98 ٩٨

U sizlarni bir jondan yaratgan Zotdir. Bas, u (jon) qaror topadigan joy(ona rahmi)da yoki saqlab qo`yiladigan joy (ota sulbi)dadir. Yaxshi anglaydiganlar uchun oyat-belgilarni batafsil qilib qo`yganmiz. (98)

Tafsir
Alloh subhonahu sizlarni bir jondan - otangiz Odamdan yaratdi. Dastlab otangizni loydan yaratdi. Sizlarni esa otangizdan yaratdi. Sizlarga ona qornini qarorgoh, ota pushtini esa omonat turar joy qildi. Biz oyatlarni Allohning kalomini tushunadigan, anglaydigan qavm uchun bayon qildik.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin