Sura Al-Mumtahanah (Sinovdan o‘tkazilgan ayol — الممتحنة) (Oyat 1)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




60 Al-Mumtahanah(الممتحنة), Oyat 1

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَتَّخِذُوا عَدُوِّي وَعَدُوَّكُمْ أَوْلِيَاءَ تُلْقُونَ إِلَيْهِمْ بِالْمَوَدَّةِ وَقَدْ كَفَرُوا بِمَا جَاءَكُمْ مِنَ الْحَقِّ يُخْرِجُونَ الرَّسُولَ وَإِيَّاكُمْ ۙ أَنْ تُؤْمِنُوا بِاللَّهِ رَبِّكُمْ إِنْ كُنْتُمْ خَرَجْتُمْ جِهَادًا فِي سَبِيلِي وَابْتِغَاءَ مَرْضَاتِي ۚ تُسِرُّونَ إِلَيْهِمْ بِالْمَوَدَّةِ وَأَنَا أَعْلَمُ بِمَا أَخْفَيْتُمْ وَمَا أَعْلَنْتُمْ ۚ وَمَنْ يَفْعَلْهُ مِنْكُمْ فَقَدْ ضَلَّ سَوَاءَ السَّبِيلِ 1 ١

Ey, iymon keltirganlar! Agar Mening yo`limda jihod qilib va roziligimni so`rab chiqqan bo`lsangiz, Mening dushmanlarimni va o`zingizning dushmanlaringizni do`st tutmanglar. Sizlar ularga do`stlik qilasizlar, ular bo`lsa, sizlarga kelgan haqqa kufr keltirurlar. Robbingiz bo`lmish Allohga iymon keltirganingiz uchun, Payg`ambarni va sizni haydab chiqarurlar. Siz ularga do`stlik qilib sir aytursiz. Holbuki, Men nimani maxfiy tutganingizniyu nimani oshkor qilganingizni juda yaxshi bilurman. Oralaringizda kim o`sha ishni qilsa, to`g`ri yo`ldan adashgan bo`lur. (1)

Tafsir
Ey Allohga iymon keltirib, U Zotning shariatiga amal qiladigan zotlar, Mening dushmanimni va oʻzlaringizning dushmaningizni doʻst tutmangiz! Sizlar ularga doʻstlik qoʻlini uzatasizlar, ular esa paygʻambaringiz sizlarga olib kelgan dinga kufr keltiradilar. Paygʻambarni ham, sizlarni ham Parvardigoringiz Allohga iymon keltirganingiz uchun oʻz yurtingizdan, Makkadan quvib chiqaryaptilar-ku! Qarindoshlikning ham, yaqinlikning ham rioyasini qilmayaptilar-ku! Sizlarning Allohga iymon keltirganingizdan boshqa aybingiz yoʻq edi-ku! Agar Mening yoʻlimda va Mening roziligimni istab jihodga chiqqan boʻlsangizlar, hargiz ular bilan doʻst boʻlmanglar! Musulmonlar haqidagi xabarlarni ularga pinhona yetkazib, yashirin tarzda ular bilan doʻst boʻlasizlar. Men esa yashirin qilgan ishlaringizni ham, oshkora qilgan ishlaringizni ham bilaman. Mendan biron ishingiz yashirin qolmas. Sizlardan kim oʻshalar bilan doʻst boʻlsa, bas, u haqiqatdan adashibdi, toʻgʻri yoʻldan ozibdi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin