Sura Al-Mumtahanah (Sinovdan o‘tkazilgan ayol — الممتحنة) (Oyat 7)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




60 Al-Mumtahanah(الممتحنة), Oyat 7

عَسَى اللَّهُ أَنْ يَجْعَلَ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَ الَّذِينَ عَادَيْتُمْ مِنْهُمْ مَوَدَّةً ۚ وَاللَّهُ قَدِيرٌ ۚ وَاللَّهُ غَفُورٌ رَحِيمٌ 7 ٧

Shoyadki, Alloh sizlar bilan ular ichidagi dushmanlaringiz o`rtasida do`stlik paydo qilsa, Alloh bunga qodirdir. Alloh kechiruvchi va rahiymlidir. (7)

Tafsir
Ey moʻminlar, ehtimol Alloh sizlar bilan dushmanlaringiz boʻlmish kofirlar oʻrtasiga ularni Islomga hidoyat qilish orqali bir muhabbatni solib qoʻyar. Shu bilan ular sizlarning diniy birodarlaringizga aylanib qolar. Alloh qalblarni iymon sari burib qoʻyishga Qodir. Alloh tavba qilgan bandalari uchun Magʻfiratli, ularga Mehribon Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin