Sura Al-Munafiqun (Munofiqlar — المنافقون) (Oyat 9)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ey, iymon keltirganlar! Mollaringiz va bolalaringiz sizni Allohning zikridan chalg`itmasin. Kim shunday qilsa, bas, ana o`shalar yutqazganlardir. (9)
Tafsir
Ey Allohga iymon keltirib, shariatiga amal qiladigan zotlar, mol-davlatlaringiz va bola-chaqalaringiz sizlarni namoz kabi Islom buyurgan farzlarni ado etishdan chalgʻitib qoʻymasin. Kim mol-davlati va bola-chaqasi bilan band boʻlib, namoz va boshqa farzlardan chalgʻisa, ularni ado etmasa, bas, ana oʻshalar Qiyomat kuni oʻzlarini ham, oilalarini ham qoʻldan boy bergan haqiqiy zarar koʻrguvchilardir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: