Sura At-Taghabun (Aldanish kuni — التغابن) (Oyat 14)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ey, iymon keltirganlar! Albatta, jufti halollaringizdan va bolalaringizdan sizga dushman bor, bas, ulardan hazir bo`ling. Va agar afv etsangiz, ko`ngilga olmasangiz va ayblarini kechirsangiz... Bas, albatta, Alloh ko`p mag`firat qiluvchi va rahimlidir. (14)
Tafsir
Ey Allohga iymon keltirib, shariatiga amal qiladigan zotlar, ayollaringiz va bolalaringizdan sizlarga dushman bor. Chunki ular sizlarni Allohning zikridan, Uning yoʻlida jihod qilishdan toʻsadilar, chalgʻitadilar. Bas, ulardan ehtiyot boʻlinglar. Agar ularning xatolarini afv etsangizlar, aybu nuqsonlarini kechirsangizlar, gunohlaridan oʻtsangizlar, bas, albatta Alloh ham sizlarga rahm qilib, gunohlaringizni kechiradi. Zero, har kim ekkanini oʻradi. Alloh Magʻfiratli, Mehribon Zotdir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: