Sura At-Tahrim (Harom qilish — التحريم) (Oyat 4)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




66 At-Tahrim(التحريم), Oyat 4

إِنْ تَتُوبَا إِلَى اللَّهِ فَقَدْ صَغَتْ قُلُوبُكُمَا ۖ وَإِنْ تَظَاهَرَا عَلَيْهِ فَإِنَّ اللَّهَ هُوَ مَوْلَاهُ وَجِبْرِيلُ وَصَالِحُ الْمُؤْمِنِينَ ۖ وَالْمَلَائِكَةُ بَعْدَ ذَٰلِكَ ظَهِيرٌ 4 ٤

Agar ikkovingiz Allohga tavba qilsangiz, batahqiq, qalblaringiz (haqqa) moyil bo`lur. Agar unga qarshi chiqsangiz, bas, albatta, Alloh uning yordamchisidir va Jabroil ham, solih mo`minlar ham. Undan so`ng farishtalar unga suyanchiqdir. (4)

Tafsir
Ikkalangizga tavba qilish lozim boʻldi. Chunki qalblaringiz Paygʻambar alayhissalom yoqtirmaydigan ishni yoqtirib qoldi. Yani, joriyadan oʻzini tortib, uni oʻziga harom qilib olishini istab qoldinglar. Paygʻambarga qarshi til biriktirishda davom etaversangizlar, bas, Alloh uning Madadkoridir. Jabroil ham, solih moʻminlar ham. Bundan tashqari farishtalar ham u zotning yordamchilari boʻlib, u kishiga ozor beruvchilarga qarshi turadilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin