Sura At-Tahrim (Harom qilish — التحريم) (Oyat 7)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




66 At-Tahrim(التحريم), Oyat 7

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ كَفَرُوا لَا تَعْتَذِرُوا الْيَوْمَ ۖ إِنَّمَا تُجْزَوْنَ مَا كُنْتُمْ تَعْمَلُونَ 7 ٧

Ey, kufr keltirganlar! Bugungi kunda uzr aytmanglar, siz o`zingiz qilgan ishlarning jazosini olyapsiz, xolos. (7)

Tafsir
Qiyomat kuni kofirlarga shunday deyiladi: "Ey Allohga kufr keltirganlar, bugun qilib oʻtgan kufru masiyatlaringiz uchun uzr soʻramanglar. Chunki uzringiz hargiz qabul qilinmas. Bu kunda u dunyoda qilib oʻtgan ishlaringiz, Allohga kufr keltirganingiz va paygʻambarlarini yolgʻonchiga chiqarganingiz uchun jazo olishingiz muqarrar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin