Sura Hoqqa (Haqiqat) — سُورَةُ الحاقة

Haqqah surasi — Qur’onning oltmish to‘qqizinchi surasi bo‘lib, unda Qiyomat kunining muqarrarligi hamda solihlar va fosiqlarning oxiri tasvirlanadi.

Sura Hoqqa (Haqiqat) — سُورَةُ الحاقة

Shuningdek quyidagicha tanilgan: al-Silsilah (Zanjir), al-Wāʿiyah (Yodlovchi)

وَأَمَّا عَادٌ فَأُهْلِكُوا بِرِيحٍ صَرْصَرٍ عَاتِيَةٍ ٦ i

69:6

Va ammo Od qattiq (sovuq) shamol bilan halok qilindilar. (6)

سَخَّرَهَا عَلَيْهِمْ سَبْعَ لَيَالٍ وَثَمَانِيَةَ أَيَّامٍ حُسُومًا فَتَرَى الْقَوْمَ فِيهَا صَرْعَىٰ كَأَنَّهُمْ أَعْجَازُ نَخْلٍ خَاوِيَةٍ ٧ i

69:7

U zot ularning ustidan bu shamolni yetti kechayu sakkiz kunduz «beminnat xizmat» qildirib qo`ydi. Bas, qavmning u yerda halok bo`lib, ag`darilib yotganini ko`rasan. Ular xuddi xurmoning chirigan tomirlariga o`xsharlar. (7)

وَجَاءَ فِرْعَوْنُ وَمَنْ قَبْلَهُ وَالْمُؤْتَفِكَاتُ بِالْخَاطِئَةِ ٩ i

69:9

Fir'avn, undan avvalgilar va to`ntarilganliklar xato qildilar. (9)

فَعَصَوْا رَسُولَ رَبِّهِمْ فَأَخَذَهُمْ أَخْذَةً رَابِيَةً ١٠ i

69:10

Bas, ular Robbilarining Rasuliga osiy bo`ldilar. Darhaqiqat, U zot ularni qattiq tutishlik bilan tutdi. (10)

إِنَّا لَمَّا طَغَى الْمَاءُ حَمَلْنَاكُمْ فِي الْجَارِيَةِ ١١ i

69:11

Albatta, Biz suv tug`yonga kelgan paytda sizlarni kemada ko`targanmiz. (11)

لِنَجْعَلَهَا لَكُمْ تَذْكِرَةً وَتَعِيَهَا أُذُنٌ وَاعِيَةٌ ١٢ i

69:12

Uni sizlarga eslatma qilish uchun va anglovchi quloqlar anglab olishi uchun. (12)

وَحُمِلَتِ الْأَرْضُ وَالْجِبَالُ فَدُكَّتَا دَكَّةً وَاحِدَةً ١٤ i

69:14

Va yeru tog`lar ko`tarilib, bir martagina silkitilsa... (14)

وَانْشَقَّتِ السَّمَاءُ فَهِيَ يَوْمَئِذٍ وَاهِيَةٌ ١٦ i

69:16

Va osmon parchalansa, bas, o`sha kunda, u (osmon) beholdir. (16)

وَالْمَلَكُ عَلَىٰ أَرْجَائِهَا ۚ وَيَحْمِلُ عَرْشَ رَبِّكَ فَوْقَهُمْ يَوْمَئِذٍ ثَمَانِيَةٌ ١٧ i

69:17

Va farishtalar uning atrofida va o`sha kunda Robbingning arshini sakkiztasi ko`tarib turadir. (17)

يَوْمَئِذٍ تُعْرَضُونَ لَا تَخْفَىٰ مِنْكُمْ خَافِيَةٌ ١٨ i

69:18

Bas, o`sha kunda ko`rikdan o`tasizlar, birorta narsangiz maxfiy qolmaydir. (18)

فَأَمَّا مَنْ أُوتِيَ كِتَابَهُ بِيَمِينِهِ فَيَقُولُ هَاؤُمُ اقْرَءُوا كِتَابِيَهْ ١٩ i

69:19

Bas, kimning kitobi o`ng tarafdan berilsa, u: «Mana, mening kitobimni o`qib ko`ringlar! (19)

إِنِّي ظَنَنْتُ أَنِّي مُلَاقٍ حِسَابِيَهْ ٢٠ i

69:20

Albatta, men hisob-kitobimga yo`liqishimga ishonardim», deydir. (20)

كُلُوا وَاشْرَبُوا هَنِيئًا بِمَا أَسْلَفْتُمْ فِي الْأَيَّامِ الْخَالِيَةِ ٢٤ i

69:24

O`tgan kunlarda qilgan narsalaringiz tufayli yenglar va ichinglar, osh bo`lsin. (24)

وَأَمَّا مَنْ أُوتِيَ كِتَابَهُ بِشِمَالِهِ فَيَقُولُ يَا لَيْتَنِي لَمْ أُوتَ كِتَابِيَهْ ٢٥ i

69:25

Va ammo kimning kitobi chap tarafdan berilsa, u: «Voy sho`rim, koshki menga kitobim berilmasa edi. (25)

ثُمَّ فِي سِلْسِلَةٍ ذَرْعُهَا سَبْعُونَ ذِرَاعًا فَاسْلُكُوهُ ٣٢ i

69:32

So`ngra yetmish qulochli zanjirga kiriting uni!!! (32)

وَمَا هُوَ بِقَوْلِ شَاعِرٍ ۚ قَلِيلًا مَا تُؤْمِنُونَ ٤١ i

69:41

Va u shoirning so`zi emas. Sizlar juda oz ishonasizlar. (41)

وَلَا بِقَوْلِ كَاهِنٍ ۚ قَلِيلًا مَا تَذَكَّرُونَ ٤٢ i

69:42

Va u folbinning so`zi ham emas. Sizlar juda oz eslaysizlar. (42)

وَلَوْ تَقَوَّلَ عَلَيْنَا بَعْضَ الْأَقَاوِيلِ ٤٤ i

69:44

Va agar u Bizning (nomimizdan) ba'zan yolg`on so`zlarni to`qisa. (44)

وَإِنَّا لَنَعْلَمُ أَنَّ مِنْكُمْ مُكَذِّبِينَ ٤٩ i

69:49

Va albatta, Biz sizlarning ichingizda yolg`onga chiqaruvchilar borligini bilib turamiz. (49)