Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 100)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 100

أَوَلَمْ يَهْدِ لِلَّذِينَ يَرِثُونَ الْأَرْضَ مِنْ بَعْدِ أَهْلِهَا أَنْ لَوْ نَشَاءُ أَصَبْنَاهُمْ بِذُنُوبِهِمْ ۚ وَنَطْبَعُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ فَهُمْ لَا يَسْمَعُونَ 100 ١٠٠

Yerga uning ahlidan keyin merosxo`r bo`lganlarga, agar xohlasak, gunohlari tufayli ularga musiybat yetkazishimiz va qalblariga muhr bosib, eshitmaydigan qilib qo`yishimiz ayon bo`lmadimi?! (100)

Tafsir
Oʻzlaridan oldingilar halokatga uchraganlaridan keyin ularning oʻrniga qolgan kimsalar salaflarining ahvoli nima kechganidan ibrat olmasdan yana boyagidek gunohlar qilib yuraveradilarmi? Alloh istasa, gunohlari tufayli ularga azob yuborishi mumkinligini bilmaydilarmi? Shunday qilish Allohning qonuniyati ekanidan bexabarmilar? Agar istasa, ularning qalblarini muhrlab qoʻyishi va natijada ularga hech qanday nasihat kor qilmay qolishi ham mumkin-ku!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin