Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 128)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 128

قَالَ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِ اسْتَعِينُوا بِاللَّهِ وَاصْبِرُوا ۖ إِنَّ الْأَرْضَ لِلَّهِ يُورِثُهَا مَنْ يَشَاءُ مِنْ عِبَادِهِ ۖ وَالْعَاقِبَةُ لِلْمُتَّقِينَ 128 ١٢٨

Muso o`z qavmiga: «Allohdan yordam so`ranglar va sabr qilinglar. Yer Allohniki, uni bandalaridan kimni xohlasa, o`shanga meros qilib beradir. Va oqibat taqvodorlarnikidir», – dedi. (128)

Tafsir
Muso qavmiga yoʻl koʻrsatib, tavsiyalar berib, shunday dedi: "Ey qavmim, zararni daf qilishda ham, foydani jalb qilishda ham madadni yolgʻiz Allohdan soʻrangiz. Kelayotgan balolarga sabr qilingiz. Zero, zamin Firavnniki ham, boshqaniki ham emas, yolgʻiz Allohnikidir. Alloh Oʻz irodasi bilan uni odamlar orasida qoʻlma-qoʻl qilib turadi. Lekin yer yuzidagi oqibat boshiga tushgan baloyu ofatlarga sabr qilib, Allohning buyruqlarini bajaradigan va taqiqlaridan tiyiladigan moʻminlarnikidir".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin