Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 129)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 129

قَالُوا أُوذِينَا مِنْ قَبْلِ أَنْ تَأْتِيَنَا وَمِنْ بَعْدِ مَا جِئْتَنَا ۚ قَالَ عَسَىٰ رَبُّكُمْ أَنْ يُهْلِكَ عَدُوَّكُمْ وَيَسْتَخْلِفَكُمْ فِي الْأَرْضِ فَيَنْظُرَ كَيْفَ تَعْمَلُونَ 129 ١٢٩

Ular: «Sen bizga kelmasingdan oldin ham, kelganingdan keyin ham ozor tortdik», – dedilar. U: «Shoyadki, Robbingiz dushmanlaringizni halok etib, sizlarni yer yuziga xalifa qilib, qanday amal qilishingizga nazar solsa», – dedi. (129)

Tafsir
Bani Isroil Musoga dedi: "Ey Muso, sen kelishingdan oldin ham, keyin ham Firavndan koʻp jabr koʻrdik. U oʻgʻillarimizni oʻldirib, qizlarimizni choʻri qildi". Muso alayhissalom ularga nasihat qilib va xushxabar berib dedi: "Shoyad, Parvardigoringiz dushmaningiz Faravnni va uning qavmini halok qilib, yer yuzini ulardan keyin sizlarga maskan qilib bersa-da, keyin sizlarning javobingiz shukr boʻladimi, kufr boʻladimi, qarab tursa".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin