Ular: «Sen bizga kelmasingdan oldin ham, kelganingdan keyin ham ozor tortdik», – dedilar. U: «Shoyadki, Robbingiz dushmanlaringizni halok etib, sizlarni yer yuziga xalifa qilib, qanday amal qilishingizga nazar solsa», – dedi. A'rof 7:129 ⧉
Tafsir:
Bani Isroil Musoga dedi: "Ey Muso, sen kelishingdan oldin ham, keyin ham Firavndan koʻp jabr koʻrdik. U oʻgʻillarimizni oʻldirib, qizlarimizni choʻri qildi". Muso alayhissalom ularga nasihat qilib va xushxabar berib dedi: "Shoyad, Parvardigoringiz dushmaningiz Faravnni va uning qavmini halok qilib, yer yuzini ulardan keyin sizlarga maskan qilib bersa-da, keyin sizlarning javobingiz shukr boʻladimi, kufr boʻladimi, qarab tursa".