Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 131)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 131

فَإِذَا جَاءَتْهُمُ الْحَسَنَةُ قَالُوا لَنَا هَٰذِهِ ۖ وَإِنْ تُصِبْهُمْ سَيِّئَةٌ يَطَّيَّرُوا بِمُوسَىٰ وَمَنْ مَعَهُ ۗ أَلَا إِنَّمَا طَائِرُهُمْ عِنْدَ اللَّهِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ 131 ١٣١

Ular o`zlariga yaxshilik yetganda: «Bunga biz haqdormiz», – dedilar. Agar ularga yomonlik yetsa, Muso va u bilan birga bo`lganlardan shumlandilar. Ogoh bo`lsinlarkim, ularning shumliklari Allohning huzuridan boshqa joyda emas. Lekin ko`plari bilmaslar. (131)

Tafsir
Firavn ahlida pishiqchilik, moʻl-koʻlchilik, arzonchilik boʻlsa: "Biz oʻzi shunga loyiqmiz", dedilar. Qurgʻoqchilik, qahatchilik va turli kasalliklar keng avj olsa, uni Muso va Bani Isroildan koʻrishdi. Aslida esa bu ishlarning hammasi Alloh subhonahuning taqidiri bilan boʻlgan. Ularda na ularning va na Musoning biron ulushi bor. Musoning ularga duoyi bad qilgani bor, xolos. Lekin ularning koʻplari buni bilmaydilar-da, Allohni qoʻyib, boshqalardan koʻraveradilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin