Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 133)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 133

فَأَرْسَلْنَا عَلَيْهِمُ الطُّوفَانَ وَالْجَرَادَ وَالْقُمَّلَ وَالضَّفَادِعَ وَالدَّمَ آيَاتٍ مُفَصَّلَاتٍ فَاسْتَكْبَرُوا وَكَانُوا قَوْمًا مُجْرِمِينَ 133 ١٣٣

Bas, ularning ustidan to`fon, chigirtka, mita, baqa va qonlarni ochiq-oydin va mufassal belgilar qilib yubordik. Bas, ular mutakabbirlik qildilar va jinoyatchi qavm bo`ldilar. (133)

Tafsir
Shunda Biz ularni haqni tan olmay, sarkashlik bilan yolgʻonga chiqarganlari uchun jazolab, toʻfon yubordik, ularning ekinlarini ham, mevalarini ham oqizib ketdi. Chigirtkalarni yubordik, ularning hosillarini yeb-bitirdi. Bitlarni yubordik. Ekinlarini ham, sochlarini ham bit bosdi. Baqalarni yubordik. Idishlariga toʻlib olib, taomlarini aynitdi, yotoqlariga kirib, uyqularini qochirdi. Qonni yubordik. Quduq suvlari ham, ahorlari ham qonga toʻldi. Shularning hammasini boʻlib-boʻlib, birin-ketin yubordik. Shuncha uqubatlardan keyin ham yana Allohga iymon keltirishdan va Muso alayhissalom olib kelgan risolatni haq ekanini tan olishdan bosh tortdilar, oʻzlarini katta oldilar. Ular botildan bosh koʻtara olmaydigan, haq sari yuz bura olmaydigan osiy qavm edi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin