Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Va Bani Isroilni dengizdan olib o`tdik. Bas, ular o`z sanamlariga berilib sig`inayotgan qavm ustiga keldilar. Ular:» Ey Muso, bizga ham xuddi ularning xudolariga o`xshash xudo qilib ber», – dedilar. U: «Albatta, siz johil qavm bo`layotibsiz. (138)
Tafsir
Muso asoni dengizga tashlagan edi, u ikki ajraldi va Biz Bani Isroilni undan olib oʻtdik. Keyin ular Allohni qoʻyib, but-sanamlarga ibodat qiladigan bir qavm yonidan oʻtib qoldilar. Shunda Bani Isroil Musoga: "Ey Muso, bizga ham bir but-sanam yasab ber, biz ham anavilar kabi unga ibodat qilaylik", dedilar. Muso dedi: "Ey qavmim, sizlar Allohni yagona bilib, U Zotni ulugʻlashni ham, U Zotning shaniga loyiq boʻlmagan shirk va boshqaga ibodat qilish kabi gunohlarni ham bilmaydigan nodon qavm ekansiz".
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: