Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 145)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 145

وَكَتَبْنَا لَهُ فِي الْأَلْوَاحِ مِنْ كُلِّ شَيْءٍ مَوْعِظَةً وَتَفْصِيلًا لِكُلِّ شَيْءٍ فَخُذْهَا بِقُوَّةٍ وَأْمُرْ قَوْمَكَ يَأْخُذُوا بِأَحْسَنِهَا ۚ سَأُرِيكُمْ دَارَ الْفَاسِقِينَ 145 ١٤٥

Va unga lavhlarda hamma narsadan mav'iza va har bir narsaning tafsilotini yozib berdik. «Bas, ularni quvvat ila tut va ahlingga buyur, ularning eng yaxshilarini olsinlar. Endi, sizlarga fosiqlarning diyorini ko`rsataman», – dedik. (145)

Tafsir
Muso uchun taxta va boshqa narsalarga Bani Isroilga kerak boʻladigan diniy va dunyoviy ishlarga aloqador nasihatni bitdik. Tafsiloti zarur boʻlgan oʻrinlariga tafsilotini ham yozdik. Bas, ey Muso, bu Tavrotni jiddiylik va gʻayrat bilan qoʻlga ol-da, qavming Bani Isroilni har ishni eng goʻzal tarzda ado etish, sabrli va kechirimli boʻlish kabi savobi ulugʻ ishlarga buyur. Farmonimdan bosh tortib, itoatsizlik qilganlarning alal-oqibatda halokatga uchrab, xonavayron boʻlganlarini yaqinda sizlarga koʻrsataman.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin