Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 150)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 150

وَلَمَّا رَجَعَ مُوسَىٰ إِلَىٰ قَوْمِهِ غَضْبَانَ أَسِفًا قَالَ بِئْسَمَا خَلَفْتُمُونِي مِنْ بَعْدِي ۖ أَعَجِلْتُمْ أَمْرَ رَبِّكُمْ ۖ وَأَلْقَى الْأَلْوَاحَ وَأَخَذَ بِرَأْسِ أَخِيهِ يَجُرُّهُ إِلَيْهِ ۚ قَالَ ابْنَ أُمَّ إِنَّ الْقَوْمَ اسْتَضْعَفُونِي وَكَادُوا يَقْتُلُونَنِي فَلَا تُشْمِتْ بِيَ الْأَعْدَاءَ وَلَا تَجْعَلْنِي مَعَ الْقَوْمِ الظَّالِمِينَ 150 ١٥٠

Qachonki Muso o`z qavmiga g`azablangan va afsus qilgan holida qaytganida: «Mening ketimdan qanday ham yomon xalifa bo`ldingiz. Robbingizning amridan (oldin) shoshildingizmi?!» – dedi va lavhlarni tashlab, akasining boshidan tutib, o`ziga torta boshladi. U (Horun): «Ey onamning bolasi, shubhasiz, bu qavm meni xo`rladi va o`ldirib qo`yishlariga sal qoldi. Endi sen dushmanlarni ustimdan kuldirmagin va meni ham zolim qavmlardan deb bilmagin», – dedi. (150)

Tafsir
Muso Parvardigori bilan gaplashib qaytgach, qavmining buzoqqa ibodat qilayotganini koʻrib, qattiq xafa boʻldi va gʻazabga minib dedi: "Ey qavmim, men ketganimdan keyin naqadar xunuk ish qilibsizlar. Endi bu ish sizlarni baxtiqarolik va halokat chohiga uloqtiradi. Meni kutib turish sizlarga malol keldimi? Buzoqqa ibodat qilishdek bir manfur ishga qanday jurat etdinglar?" U gʻazabga toʻlib-toshganidan oʻzini tutolmay, lavhlarni otib yubordi. Akasi Horunni qavmni bu gunohdan qaytarmaganlikda ayblab, boshi va soqolidan ushlab oʻziga tortdi. Horun uzrini aytib, shafqat soʻrab dedi: "Ey jigarim, ular meni mensimadilar, oʻsal topdilar, hatto oʻldirib qoʻyishlariga sal qoldi. Endi sen ham dushmanlarimni xursand qilib, meni jazoga tortma. Gʻazabingni bosa olmasdan meni ham oʻsha mushrik, zolimlar safiga qoʻshib yuborma!"

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin