Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Va Muso miyqotimizga qavmidan yetmish kishini tanlab oldi. Ularni dahshatli zilzila tutgan paytda: «Ey Robbim, agar xohlasang, bularni ham, meni ham bundan oldin halok qilsang bo`lardi. Esi pastlarimiz qilgan ish tufayli bizni halok qilasanmi? Bu Sening sinovingdan boshqa narsa emas. U ila kimni xohlasang, adashtirasan va kimni xohlasang, hidoyatga solasan. Sen valiyimizsan, bas, bizni mag`firat qil va rahim et. Sening O`zing mag`firat qiluvchilarning eng yaxshisisan. (155)
Tafsir
Muso qavmning nodonlari sodir etgan buzoqqa ibodat qilishdek manfur ishga Parvardigordan kechirim soʻrash uchun oʻz qavmidan yetmish kishini tanlab oldi. Alloh ularga bir vaqt va joy tayin qildi. Oʻsha joyga borganlarida esa yana hadlaridan oshib, Musodan Alloh ochiq koʻrinish berishini talab qildilar. Shunda bir zilzila yuz berib, uning dahshatidan larzaga keldilar va Muso Parvardigoriga iltijo aylab dedi: "Parvardigoro, qavmimni va ularga qoʻshib meni halok qilmoqchi boʻlganingda bu yerga kelmasimizdan oldin ham halok qilaverarding. Ichimizdagi esi past, nodonlarning qilmishlari uchun hammamizni halok qilasanmi? Qavmim tarafidan sodir etilgan buzoqqa ibodat qilish ishi Sen tarafingdan boʻlgan bir sinov, imtihondan oʻzga narsa emas-ku. U bilan Oʻzing istagan odamni adashtirasan, istagan odamni hidoyatga boshlaysan. Hamma ishlarimizni boshqarib turgan Oʻzingsan. Gunohlarimizni kechir va bepoyon rahmating ila bizga rahm qil. Sen kechirguvchilarning, afv etguvchilarning eng afzalisan".
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: