Sura A'rof (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 157)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 A'rof(الأعراف), Oyat 157

الَّذِينَ يَتَّبِعُونَ الرَّسُولَ النَّبِيَّ الْأُمِّيَّ الَّذِي يَجِدُونَهُ مَكْتُوبًا عِنْدَهُمْ فِي التَّوْرَاةِ وَالْإِنْجِيلِ يَأْمُرُهُمْ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَاهُمْ عَنِ الْمُنْكَرِ وَيُحِلُّ لَهُمُ الطَّيِّبَاتِ وَيُحَرِّمُ عَلَيْهِمُ الْخَبَائِثَ وَيَضَعُ عَنْهُمْ إِصْرَهُمْ وَالْأَغْلَالَ الَّتِي كَانَتْ عَلَيْهِمْ ۚ فَالَّذِينَ آمَنُوا بِهِ وَعَزَّرُوهُ وَنَصَرُوهُ وَاتَّبَعُوا النُّورَ الَّذِي أُنْزِلَ مَعَهُ ۙ أُولَٰئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ 157 ١٥٧

Ular o`z huzurlaridagi Tavrot va Injilda yozilgan holida topiladigan, ularni yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaradigan, ularga pokiza narsalarni halol qilib, nopok narsalarni harom qiladigan, ustilaridagi yukni yengillatib, kishanlarni yechadigan ummiy Nabiy, Payg`ambarga ergashurlar. Bas, unga iymon keltirib, yordam berib va uni qo`llab-quvvatlagan hamda unga nozil bo`lgan nurga ergashganlar — ana o`shalar najot topguvchilardir», – dedi. (157)

Tafsir
Ular shunday zotlarki, oʻqishni ham, yozishni ham bilmaydigan omi, Parvardigori tarafidan kelgan vahiyni gapiradigan Muhammad alayhissalomga ergashadilar. U kishining nomi va sifatlari Muso alayhissalomga nozil qilingan Tavrotda ham, Iyso alayhissalomga nozil qilingan Injilda ham yozilganini koʻrganlar. U zot ezgulik va oʻnglanish sari yetaklaydigan ishlarga buyuradi. Sogʻlom aql va pokiza tabiat qabul qilmaydigan manfur ishlardan qaytaradi. Tansiq taom va ayollarni nikohlab olish kabi turli xil zararsiz noz-nematlarga ruxsat bersa, kir, iflos narsalarni man qiladi. Qasddan yoki bilmasdan qilganiga qaramasdan, qotilni oʻldirish kabi oldin ularning zimmalarida boʻlgan ogʻir vazifalarni olib tashlaydi. Bani Isroildan boʻladimi, boshqa boʻladimi, u kishiga iymon keltirib, uni ulugʻlab, ezozlab, kofir dushmanlariga qarshi qoʻllab-quvvatlab, nur va hidoyat boʻlib nozil qilingan Quronga ergashganlar murodu maqsadiga yetadigan, xavfu xatarga duch kelmaydigan chin najot topguvchilardir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin