Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ulardan dengiz sohilida bo`lgan qishloq haqida, shanba kunida haddan oshganlari, shanbalik kunlarida baliqlari ochiq kelib, shanbalik qilmagan kunlari kelmagani haqida so`ra. Qilgan fosiqliklari tufayli ularni shunday sinaymiz. (163)
Tafsir
Ey Paygʻambar, yahudiylardan dengizga yaqin joydagi qishloq haqida, shanba kuni ov qilish taqiqlanganiga qaramasdan, hadlaridan oshib, ov qilganlari haqida soʻrang. Oʻshanda Alloh ularni sinash uchun atayin shanba kuni baliqlar dengiz yuziga keladigan, boshqa kunlari esa kelmaydigan qilib qoʻygandi. Allohga itoatsizlik etib, gunohlar qilganlari tufayli Alloh ularni mana shunday sinagan edi. Ular esa hiyla-nayrang ishlatdilar. Shanba kuni chuqurchalar qazib, toʻr tashlab qoʻydilar. Yakshanba kuni esa unga ilingan baliqlarni olib yedilar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: