Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ulardan bir jamoat: «Alloh halok qiluvchi yoki shiddatli azob-la azoblovchi qavmga va'z qilib nima qilasiz?!» deganida, ular: «Robbingizga uzr bo`lishi uchun va shoyadki, taqvo qilsalar deb», – dedilar. (164)
Tafsir
Eslang, ey Paygʻambar. Ulardan bir jamoa ularni bu gunoh ishdan qaytarar va undan ogohlantirardi. Boshqa bir jamoa esa ularga shunday dedi: "Alloh qilgan gunohlari tufayli bu dunyoda halok etadigan, oxiratda esa qattiq azobga tutadigan odamlarga nechun nasihat qilasizlar?" Nasihat qilguvchilar javob berdlar: "Alloh bizga yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarishni buyurdi, shu ishimiz bilan Allohga uzrimizni aytamiz hamda ularga nasihatimiz kor qilib, gunohlaridan tiyilib qolarmikan, degan umidda shunday qilamiz".
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: