Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 168)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 168

وَقَطَّعْنَاهُمْ فِي الْأَرْضِ أُمَمًا ۖ مِنْهُمُ الصَّالِحُونَ وَمِنْهُمْ دُونَ ذَٰلِكَ ۖ وَبَلَوْنَاهُمْ بِالْحَسَنَاتِ وَالسَّيِّئَاتِ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ 168 ١٦٨

Va ularni yer yuzida jamoatlarga bo`lib yubordik. Ulardan ahli solihlari bor va ulardan unday emaslari ham bor. Shoyadki, qaytsalar deb, ularni yaxshiliklar va yomonliklar ila sinadik. (168)

Tafsir
Ularni parchalab, yer yuzida guruhlarga, toifalarga boʻlib yubordik. Oralarida Allohning haqlariga-da, bandalarning haqlariga-da rioya qiladigan solihlari ham, oʻrtachalari ham, haddidan oshib, oʻziga oʻzi jabr qiladiganlari ham bor. Shoyad, gunohlardan tiyilib, haq yoʻlga qaytib qolsalar, deya ularni farovonlik bilan ham, qiyinchilik bilan ham sinadik.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin