Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ularning ustiga tog`ni xuddi soyabondek ko`targanimizni, ular uni, ustimizga tushib ketadi, deb o`ylaganlarida, sizga bergan narsamizni quvvat ila olinglar va undagi narsani eslanglar, shoyadki, taqvo qilsangiz, deganimizni esla. (171)
Tafsir
Ey Muhammad, eslang! Bani Isroil Tavrotdagi gaplarni qabul qilishdan bosh tortganlarida Biz togʻni koʻchirib olib, ustlariga olib kelib qoʻygandik. Togʻ ularning boshi uzra xuddi bir soyabondek boʻlib turgandi. Oʻshanda, endi ustimizga tushib ketadi, deb qolishgandi. Shunda ularga: "Sizlarga berganimiz Tavrotni jiddiylik, gʻayrat va qatiyat ila ushlangiz, undagi Alloh shariatlashtirgan hukmlarni yodda tutingiz, unutmangiz, shoyad, shunda taqvo qilsangizlar", deyildi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: