Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 176)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 176

وَلَوْ شِئْنَا لَرَفَعْنَاهُ بِهَا وَلَٰكِنَّهُ أَخْلَدَ إِلَى الْأَرْضِ وَاتَّبَعَ هَوَاهُ ۚ فَمَثَلُهُ كَمَثَلِ الْكَلْبِ إِنْ تَحْمِلْ عَلَيْهِ يَلْهَثْ أَوْ تَتْرُكْهُ يَلْهَثْ ۚ ذَٰلِكَ مَثَلُ الْقَوْمِ الَّذِينَ كَذَّبُوا بِآيَاتِنَا ۚ فَاقْصُصِ الْقَصَصَ لَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ 176 ١٧٦

Agar xohlasak, uni o`sha(oyat)lar bilan ko`tarar edik. Lekin uning o`zi yerga yopishdi va havoyi nafsiga ergashdi. Bas, uning misoli xuddi bir itga o`xshar, uni haydasang ham, tilini osiltirib turaveradir, tek qo`ysang ham, tilini osiltirib turaveradir. Bu, Bizning oyatlarimizni yolg`onga chiqargan qavmlarning misolidir. Bu qissani hikoya qil, shoyadki, tafakkur qilsalar. (176)

Tafsir
Unga oyatlarimiz foyda berishini istaganimizda uni amal qilishga muvaffaq aylab, dunyo va oxiratda martabasini baland qilgan boʻlar edik. Lekin uning oʻzi sharmandalik sari eltadigan yoʻlni tutdi, dunyoni oxiratdan ustun qoʻyib, shahvatlar botqogʻiga botdi. U dunyoga oʻchlikda, ochkoʻzlikda xuddi itga oʻxshaydi. It har doim tilini osiltirib turaveradi. Yotganda ham tilini osiltirib turaveradi, turganda ham tilini osiltirib turaveradi. Oyatlarimizni yolgʻonga chiqarib, yoʻldan ozganlarning ahvoli - mana shu. Ey Paygʻambar, ularga hikoya qilib bering. Shoyadki, fikr yuritib, haqni tan olmaslik va zalolat girdobidan chiqsalar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin