Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 17)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 17

ثُمَّ لَآتِيَنَّهُمْ مِنْ بَيْنِ أَيْدِيهِمْ وَمِنْ خَلْفِهِمْ وَعَنْ أَيْمَانِهِمْ وَعَنْ شَمَائِلِهِمْ ۖ وَلَا تَجِدُ أَكْثَرَهُمْ شَاكِرِينَ 17 ١٧

So`ngra, ularning oldilaridan, orqalaridan, o`ng tomonlaridan va chap tomonlaridan kelaman. Va ularning ko`plarini shukr qiluvchi holda topmassan», – dedi. (17)

Tafsir
"Keyin esa ularni oxiratdan bezdirish, dunyoga qiziqtirish, dillariga shubhalar solish va shahvatlarni chiroyli qilib koʻrsatish uchun hamma taraflaridan kelaman. Oʻshanda, ey Parvardigorim, ularning qalblariga kufrni solganim tufayli koʻplarini Senga shukr qilguvchilardan topmassan".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin