So`ngra, ularning oldilaridan, orqalaridan, o`ng tomonlaridan va chap tomonlaridan kelaman. Va ularning ko`plarini shukr qiluvchi holda topmassan», – dedi. A'rof 7:17 ⧉
Tafsir:
"Keyin esa ularni oxiratdan bezdirish, dunyoga qiziqtirish, dillariga shubhalar solish va shahvatlarni chiroyli qilib koʻrsatish uchun hamma taraflaridan kelaman. Oʻshanda, ey Parvardigorim, ularning qalblariga kufrni solganim tufayli koʻplarini Senga shukr qilguvchilardan topmassan".