U: «Meni ig`voga uchirganing sababli, albatta, men ularni To`g`ri yo`lingda to`sib o`tiraman. A'rof 7:16 ⧉
Tafsir:
Iblis dedi: "Mening taqdirimga adashuvni yozganing sababli Odamga sajda qilish haqidagi buyrugʻingga boʻysunmagan edim. Endi men Odam bolalarining Sening toʻgʻri yoʻlingga yuradigan yoʻllarida turib olaman-da, Sen meni ozdirganing kabi ularni men Sening yoʻlingdan ozdiraman".