Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 180)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 180

وَلِلَّهِ الْأَسْمَاءُ الْحُسْنَىٰ فَادْعُوهُ بِهَا ۖ وَذَرُوا الَّذِينَ يُلْحِدُونَ فِي أَسْمَائِهِ ۚ سَيُجْزَوْنَ مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ 180 ١٨٠

Allohning go`zal ismlari bordir. Bas, Unga o`sha (ism)lar ila duo qiling va Uning ismlaridan og`adiganlarni tek qo`ying. Yaqinda qilgan amallariga yarasha jazolanurlar. (180)

Tafsir
Allohning ulugʻligi va komilligiga dalolat qiluvchi goʻzal ismlari bordir. Allohga duo qilayotganingizda oʻsha ismlar bilan iltijo qilingiz. Bu ismlar borasida haqdan adashib, Allohdan boshqani oʻsha ismlar bilan nomlaydigan yoki ularni inkor qiladigan yoxud ularni oʻzgartiradigan yo boshqa narsaga oʻxshatadigan kimsalardan yuz oʻgiringiz. Haqdan adashgan bu kimsalar uchun qilgan yomon ishlari tufayli alamli azob bordir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin