Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 189)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 189

هُوَ الَّذِي خَلَقَكُمْ مِنْ نَفْسٍ وَاحِدَةٍ وَجَعَلَ مِنْهَا زَوْجَهَا لِيَسْكُنَ إِلَيْهَا ۖ فَلَمَّا تَغَشَّاهَا حَمَلَتْ حَمْلًا خَفِيفًا فَمَرَّتْ بِهِ ۖ فَلَمَّا أَثْقَلَتْ دَعَوَا اللَّهَ رَبَّهُمَا لَئِنْ آتَيْتَنَا صَالِحًا لَنَكُونَنَّ مِنَ الشَّاكِرِينَ 189 ١٨٩

U sizlarni bir jondan yaratgan va orom olsin uchun undan juftini yaratgan Zotdir. Vaqtiki u (juftini) o`raganida yengil homilador bo`ldi. Bas, u bilan yurdi. U og`irlashganda esa, ikkovlon Robbilari Allohga: «Agar bizga solih (farzand) bersang, albatta, shukr keltiruvchilardan bo`lamiz», – deb duo qildilar. (189)

Tafsir
Ey erkaklar va ayollar, U shunday Zotki, sizlarni bir jondan, yani, Odam alayhissalomdan vujudga keltirdi. Odam alayhissalom orom-osoyish topishi uchun uning chap qovurgʻasidan jufti Havvoni yaratdi. U bilan qoʻshilgach, u yengil homilador boʻldi. Birinchi marta boʻlayotgani uchun hatto sezmay ham qoldi. Hech qanday yukni sezmay, ishlarini qilib yuraverdi. Qorni kattalashib, ogʻirlikni seza boshlagach, er-xotin Parvardigorlariga duo qilib: "Parvardigoro, bizga bir solih farzand bersang, albatta nematlaringga shukr qilguvchilardan boʻlamiz", dedilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin