Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Yoki ularning oyoqlari bormiki, yursalar; yoki qo`llari bormiki, ushlasalar; yoki ko`zlari bormiki, ko`rsalar; yoki quloqlari bormiki, eshitsalar. Sen: «Sheriklaringizni chaqiring-da, menga hech muhlat bermay, ziddimga hiyla-nayrang qilavering! (195)
Tafsir
Sizlar xudo qilib olgan but-sanamlarning oyoqlari bormiki, ehtiyojlaringizni qondirish yoʻlida yursalar yo qoʻllari bormiki, sizlarni himoya qila olsalar yoki koʻzlari bormiki, sizlarga koʻrinmas narsalarni koʻrib, xabarini berib tursalar yoxud quloqlari bormiki, sizlardan yashirin gaplarni eshitib, sizlarni ogohlantirib tursalar?! Modomiki, ular sifatlardan mosuvo ekan, qanday qilib ularga ibodat qilasizlar? Qanday qilib ulardan foyda keltirishi yoki zararni daf etishini soʻraysizlar? Ey Paygʻambar, oʻsha mushriklarga ayting: "Oʻsha Allohga sherik qilayotgan butlaringizga duo qilaveringlar, keyin esa menga qarshi hiyla-nayranglaringizni qoʻllayveringlar, menga muhlat ham berib oʻtirmanglar".
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: