Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Va agar ularga mo`'jiza keltirmasang, «O`zing to`qib qo`yavermaysanmi?» – derlar. Sen: «Men faqat Robbimdan vahiy qilingan narsaga ergashaman, xolos. Mana bu — iymon keltiruvchi qavm uchun Robbingizdan ko`z ochuvchi, hidoyat va rahmatdir», deb ayt. (203)
Tafsir
Ey Paygʻambar, ularga bir oyat keltirsangiz, sizni yolgʻonchiga chiqarib, undan yuz oʻgiradilar. Oyat keltirmasangiz: "Oʻzing toʻqiy qolmaysanmi?", deyishadi. Ey Paygʻambar, ayting: "Men oʻzimchasiga oyat keltira olmayman. Men faqat Alloh tarafidan keladigan vahiyga ergashaman. Sizlarga oʻqib berayotganim bu Quron sizlarni yaratgan va boshqarib turadigan Alloh tarafidan yuborilgan hujjatlar, dalillar hamda moʻminlar uchun rahmatdir. Unga iymon keltirmaganlar yoʻldan ozgan badbaxtlardir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: