Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 27)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 27

يَا بَنِي آدَمَ لَا يَفْتِنَنَّكُمُ الشَّيْطَانُ كَمَا أَخْرَجَ أَبَوَيْكُمْ مِنَ الْجَنَّةِ يَنْزِعُ عَنْهُمَا لِبَاسَهُمَا لِيُرِيَهُمَا سَوْآتِهِمَا ۗ إِنَّهُ يَرَاكُمْ هُوَ وَقَبِيلُهُ مِنْ حَيْثُ لَا تَرَوْنَهُمْ ۗ إِنَّا جَعَلْنَا الشَّيَاطِينَ أَوْلِيَاءَ لِلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ 27 ٢٧

Ey, Odam bolalari, shayton ota-onangizni o`zlariga avratlarini ko`rsatish uchun ustlaridan liboslarini yechib, jannatdan chiqarganidek, sizni ham fitnaga solmasin. Albatta, u va uning yordamchilari sizni siz ko`rmaydigan tomondan ko`radir. Biz, albatta, shaytonlarni iymon keltirmaydiganlarga do`st qilganmiz. (27)

Tafsir
"Ey Odam bolalari, avratni toʻsadigan hissiy libosni yoki taqvo libosini tark qilishni chiroyli qilib koʻrsatayotgan shaytonning vasvasasiga uchmanglar. U ota-onangizga man qilingan daraxtdan tanovul qilishni chiroyli qilib koʻrsatib, ularni yoʻldan ozdirgandi. Natijada ular jannatdan quvilgandilar va avratlari ochilib qolgandi. Shayton va uning zurriyoti sizlarni koʻrib turadilar. Sizlar esa ularni koʻrmaysizlar. Undan va uning zurriyotidan ehtiyot boʻlishingiz lozim. Biz shaytonlarni Allohga iymon keltirmaydiganlarga doʻst qildik. Ammo ular solih amallarni qiladigan moʻminlarga qarshi yoʻl topa olmaslar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin