Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 28)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 28

وَإِذَا فَعَلُوا فَاحِشَةً قَالُوا وَجَدْنَا عَلَيْهَا آبَاءَنَا وَاللَّهُ أَمَرَنَا بِهَا ۗ قُلْ إِنَّ اللَّهَ لَا يَأْمُرُ بِالْفَحْشَاءِ ۖ أَتَقُولُونَ عَلَى اللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ 28 ٢٨

Ular qachon fohisha ish qilsalar: «Ota-bobolarimiz ushbuni qilayotganini ko`rdik. Buni bizga Alloh buyurgan», – derlar. «Alloh, albatta, fahsh ishlarga buyurmas. Alloh sha'niga bilmaydigan narsangizni aytasizmi?!» – degin. (28)

Tafsir
Mushriklar shirk keltirish va Baytullohni yalangʻoch tavof qilish kabi oʻta ogʻir gunohlarni qiladilar-da, ortidan, ota-bobolarimiz shunday qilardilar, ularga Alloh shunday qilishni buyurgan ekan, deya vaj-karsonlar koʻrsatidilar. Ey Muhammad, ularga raddiya bildirib, shunday deb ayting: "Alloh gunohlarga buyurmaydi. Gunohlardan qaytaradi. Bunday davoni qilishga qanday haddingiz sigʻdi? Ey mushriklar, Alloh shaniga bilib-bilmasdan yolgʻon tuhmatlarni gapirasizlarmi?"

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin