Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 30)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 30

فَرِيقًا هَدَىٰ وَفَرِيقًا حَقَّ عَلَيْهِمُ الضَّلَالَةُ ۗ إِنَّهُمُ اتَّخَذُوا الشَّيَاطِينَ أَوْلِيَاءَ مِنْ دُونِ اللَّهِ وَيَحْسَبُونَ أَنَّهُمْ مُهْتَدُونَ 30 ٣٠

Bir guruhni hidoyat qildi. Boshqa guruhga yo`ldan ozish haq bo`ldi. Chunki, ular Allohni qo`yib shaytonlarni o`zlariga do`st tutdilar. Hamda o`zlarini, albatta, hidoyat topganlar, deb hisoblarlar. (30)

Tafsir
Alloh odamlarni ikki guruhga boʻldi. Birinchi guruhga hidoyat yoʻllarini ochib, undagi toʻsiqlarni olib tashladi. Shu bilan ular hidoyat topdilar. Ikkinchi guruhning esa haq yoʻldan adashib, yoʻldan ozishi muqarrar boʻldi. Chunki ular Allohni qoʻyib, shaytonlarni doʻst tutdilar. Nodonlarcha ularga ergashdilar va ular haqida toʻgʻri yoʻlga hidoyat topganlar, degan gumonda boʻldilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin