Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Allohga nisbatan yolg`on to`qigan yoki uning oyatlarini yolg`onga chiqargan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Ana o`shalarga kitobdan nasibalari yetar. Bizning elchilarimiz kelib ularning jonlarini olayotib: «Allohdan o`zga ibodat qilayotgan narsalaringiz qani?» – derlar. Ular: «Bizdan g`oyib bo`lishdi», – derlar va o`z ziyonlariga, kofir bo`lganlarini aytib, guvohlik berarlar. (37)
Tafsir
Allohga yolgʻon toʻqib, shirk keltirgan, U Zotdan nuqson izlagan, U Zot aytmagan gapni aytdi degan, U Zotning toʻgʻri yoʻliga boshlaydigan oyatlarini yolgʻonga chiqargan odamdan koʻra zolimroq kimsa yoʻq! Bunday razil sifatlarga ega boʻlganlar bu dunyoda oʻzlariga lavhul-mahfuzda bitilgan nasibalarini olaveradilar. Keyin oʻlim farishtasi va uning yordamchilari ularning jonlarini olgani kelganlarida ularni koyib, shunday deydilar: "Allohni qoʻyib, boshqalarga ibodat qilgandingiz? Qani endi oʻsha xudolaringiz? Ularni chaqiring, sizlarga yordam bersinlar". Shunda mushriklar farishtalarga: "Biz sigʻingan xudolarimiz bizdan yuz oʻgirib ketishdi, ularning qayoqdaligini bilmaymiz", deya oʻzlarining kofir boʻlganlariga iqror boʻladilar. Ammo u paytda bu iqrorlari foyda qilmaydi, aksincha, oʻzlariga qarshi hujjat boʻladi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: