Landscape MP4 Vertical MP4

Sura A'rof — Oyat 37 (Oʻzbekcha) — Video

A'rof • Oyat 206 dan 37 • Oʻzbekcha


فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ افْتَرَىٰ عَلَى اللَّهِ كَذِبًا أَوْ كَذَّبَ بِآيَاتِهِ ۚ أُولَٰئِكَ يَنَالُهُمْ نَصِيبُهُمْ مِنَ الْكِتَابِ ۖ حَتَّىٰ إِذَا جَاءَتْهُمْ رُسُلُنَا يَتَوَفَّوْنَهُمْ قَالُوا أَيْنَ مَا كُنْتُمْ تَدْعُونَ مِنْ دُونِ اللَّهِ ۖ قَالُوا ضَلُّوا عَنَّا وَشَهِدُوا عَلَىٰ أَنْفُسِهِمْ أَنَّهُمْ كَانُوا كَافِرِينَ 37
Tarjima:
Allohga nisbatan yolg`on to`qigan yoki uning oyatlarini yolg`onga chiqargan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Ana o`shalarga kitobdan nasibalari yetar. Bizning elchilarimiz kelib ularning jonlarini olayotib: «Allohdan o`zga ibodat qilayotgan narsalaringiz qani?» – derlar. Ular: «Bizdan g`oyib bo`lishdi», – derlar va o`z ziyonlariga, kofir bo`lganlarini aytib, guvohlik berarlar. A'rof 7:37
Tafsir:
Allohga yolgʻon toʻqib, shirk keltirgan, U Zotdan nuqson izlagan, U Zot aytmagan gapni aytdi degan, U Zotning toʻgʻri yoʻliga boshlaydigan oyatlarini yolgʻonga chiqargan odamdan koʻra zolimroq kimsa yoʻq! Bunday razil sifatlarga ega boʻlganlar bu dunyoda oʻzlariga lavhul-mahfuzda bitilgan nasibalarini olaveradilar. Keyin oʻlim farishtasi va uning yordamchilari ularning jonlarini olgani kelganlarida ularni koyib, shunday deydilar: "Allohni qoʻyib, boshqalarga ibodat qilgandingiz? Qani endi oʻsha xudolaringiz? Ularni chaqiring, sizlarga yordam bersinlar". Shunda mushriklar farishtalarga: "Biz sigʻingan xudolarimiz bizdan yuz oʻgirib ketishdi, ularning qayoqdaligini bilmaymiz", deya oʻzlarining kofir boʻlganlariga iqror boʻladilar. Ammo u paytda bu iqrorlari foyda qilmaydi, aksincha, oʻzlariga qarshi hujjat boʻladi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi A'rof • Oyat 36 Keyingi A'rof • Oyat 38